Janubiy Koreya raketalar ortidan kuzatuvchi radarni faollashtirdi

Jahon 08:37 / 28.11.2017 8709

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadagi raketa bazasi hududida radiosignallar faollashgani sababli ballistik raketalar ortidan kuzatuvchi radarini faollashtirdi. Bu haqda 28 noyabrda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. 

Avvalroq Yaponiya va AQSh harbiylari Shimoliy Koreya tomondan radiosignallar faollashganini qayd qilishgani va bu yangi raketaning uchirilishiga tayyorgarlik sifatida baholanishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Jumladan, bu raketa yerga signal uzatishda foydalanadigan tizim ishini tekshirish bo‘lishi mumkinligi aytilgan. 

Axborot agentligiga hukumatdagi manbaning ma'lum qilishicha, “raketa keyingi bir necha kun ichida uchirilishi mumkin”. Biroq shu bilan birga radiosignallar qishda o‘tkaziladigan an'anaviy harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik bo‘lishi ham mumkin.  

Shimoliy Koreya apreldan boshlab oyiga 2-3 tadan raketa uchirib kelayotgandi. Biroq Pxenyan 15 sentabrda Yaponiya ustidan uchib o‘tgan ballistik raketani uchirgandan keyin sukunat saqlamoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: