Ko‘chib o‘tgan oilalarga 70 ming dollar to‘lanuvchi Shveytsariya qishlog‘i suratlarda

Light 20:38 / 26.11.2017 87510

Atrofdagi muhit o‘zgarishini istayapsizmi? Shveytsariyaning ajoyib Kanton-Validagi kichik Albinen manzarali qishlog‘i bu chekka hududga ko‘chib o‘tish istagida bo‘lganlarga yirik pullar taklif qilmoqda. Gerhard Mathieu ajoyib Albinenning video va suratlari bilan bo‘lishdi. 

Albinen - Alp manzarali tinch, ​​sokin shahar. Munitsipalitet rahbari Bit Yostning so‘zlariga ko‘ra, oilalar va yoshlar bu yerlarni tark etmoqda. Mahalliy aholi juda qisqarib ketmoqda - 240 kishi, hatto qishloqdagi maktab ham yopildi, qolgan 7 nafar bola esa eng yaqin shahardagi maktabga qatnashga majbur bo‘lmoqda. Shunday paytlarda badavlat mamlakatdagi kichik qishloq rahbariyati nima qilishi mumkin? Albatta, yangi kishilarni jalb qilishga kirishadi.

Mazkur tashabbus yangi uy qurish yoki sotib olish istagida bo‘lgan 45 yoshgacha bo‘lgan kishilarni jalb qilishga mo‘ljallangan. Har bir katta yoshli kishiga 25 ming dollardan sal ko‘proq pul taklif qilinadi, har bir bola uchun esa - 10 ming dollar. 

Shveytsariya tog‘lari orasidagi bu qishloq mahalliy iqtisodiyotni boshlashning yangi dadil usulini namoyish qildi. 

Foto:Gerhard Mathieu

Atigi 240 kishidan iborat kichik Albinen hamjamiyati demografik inqirozga yuz tutmoqda.

Foto:Gerhard Mathieu

Qishloqda yuzlab bolalardan atigi 7 nafari qoldi va mahalliy maktab o‘z eshiklarini yopishga majbur bo‘ldi.

Foto:Gerhard Mathieu

Uy sotib olish yoki qurishni istagan oilalar uchun chiroyli takliflar beriladi.

Foto:Gerhard Mathieu

Katta yoshli kishilarga 25 ming dollardan sal ko‘proq pul to‘lanadi, bolalarga esa - 10 ming dollar atrofida.

Foto:Gerhard Mathieu

Bu 4 kishidan iborat oila uchun o‘rtacha 70 ming dollar degani.

Foto:Gerhard Mathieu

Agar farzandlaringiz ko‘p bo‘lsa, undan-da ko‘p pul ishlab olish baxtiga muyassar bo‘lasiz.

Foto:Gerhard Mathieu

Bu Alp manzarali betakror Kanton-Valda yashash uchun ajoyib imkon.

Foto:Gerhard Mathieu

Siz-chi, hamma narsangizni yig‘ishtirib, Albinenda yangi hayot boshlarmidingiz?

Foto:Gerhard Mathieu
Foto:Gerhard Mathieu
Foto:Gerhard Mathieu

Ko‘proq yangiliklar: