«O‘zbekkino» hududiy bo‘limlariga mashinalar topshirildi

Jamiyat 17:35 / 25.11.2017 12582

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Milliy kinematografiyani yana rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zbekkino» Milliy agentligining «Qoraqalpoqkino» agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari uchun 1 tadan «Damas» rusumli avtomashinalari ajratildi

2017 yil 25 noyabr kuni ushbu avtomashinalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, «O‘zavtosanoat» AK, «O‘zbekkino» Milliy agentligi mutasaddilari va agentlikning hududiy bo‘limlari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda keyingi vaqtlarda milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning «O‘zbekkino» Milliy agentligi faoliyatida namoyon bo‘layotgan ijobiy ta'siri haqida fikr bildirdilar.

Foto: O‘zbekkino

Tadbir davomida prezident qaroriga muvofiq ajratilgan 14 ta «Damas» rusumli avtomashinalarni hududiy bo‘limlar rahbarlariga tantanali ravishda topshirildi. 

Ko‘proq yangiliklar: