Braziliyada AQSh vitse-konsuliga o‘q uzishdi va tunab ketishdi

Jamiyat 09:13 / 25.11.2017 3734

Braziliyada noma'lum shaxslar guruhi AQShning Rio-de-Janeyrodagi diplomatik vakolatxonasi vitse-konsuli Stefani Bolenga hujum qildi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, Bolenni tunab ketishgan. Hujum qilganlar u o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan birga bo‘lgan avtomobilni o‘qqa tutishgan.

Hujum natijasida ayol oyog‘idan jarohat olgani aytilmoqda.

AQSh diplomatik vakolatxonasi hodisa haqiqatdan ham yuz berganini tasdiqladi. Ayni damda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: