Batumidagi mehmonxonada chiqqan yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:04 / 25.11.2017 4277

24 noyabr kechki vaqt Gruziyaning Batumi shahrida joylashgan “Leo grand” mehmonxonasida chiqqan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi.

Ma'lum qilinishicha, yong‘in mehmonxonaning spa-markazida chiqqan. Ayni vaqt jasadlar shaxsini o‘rnatish ishlari ketmoqda.

Yong‘in mahsulotlaridan zaharlanganlar va jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ulardan 3 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgach chiqarib yuborilgan, qolgan 18 nafari davolanishda qolmoqda. 

Ma'lum qiliinishicha, jabrlanganlar orasida Turkiyaning 5 nafar va Isroilning bir nafar fuqarosi bor. Mehmonxonadan 100 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Yong‘in vaqtida mehmonxonada “Miss Gruziya” tanlovi ishtirokchilari ham bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulardan hech kim jabrlanmagan.

Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariyanning aytishicha, mehmonxonada yong‘in xavfsizligi me'yorlari buzilish holatlari mavjudligi, zaxira zinasi bo‘lmagani aniqlangan.

Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili fojiada aybdor bo‘lgan barchani jazolashga va'da berdi.

O‘z navbatida, Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildirdi. Prezident yong‘inning o‘chirilishi va odamlarni qutqarishda ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildirgan.

Voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: