AQSh Suriyadagi harbiylari sonini kamaytirib ko‘rsatgan

Jahon 09:07 / 25.11.2017 6518

Suriyada amerikalik harbiylarning haqiqiy soni 2 ming kishini tashkil etadi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, Pentagon o‘z bayonotlarida ushbu mamlakat hududida 500 nafar harbiy xizmatchisi bor ekani haqida xabar qilgan.

Agentlik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Pentagon bu borada xato ketganini tan olgan, sababi o‘z bayonotlarida quruqlikdagi kuchlar sonini hisobga olmagan. Mahkama o‘z ma'lumotlarini tuzatishi haqida ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh Suriya shimoli bo‘yicha o‘z rejasiga ega ekani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: