17 yil ichida Yevropaga o‘tish vaqtida halok bo‘lgan va yo‘qolgan muhojirlar soni oshkor qilindi

Jahon 07:57 / 25.11.2017 12611

2000 yildan 2017 yilgacha O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga yetib olmoqchi bo‘lgan 33761 kishi dengizda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bunday ma'lumot Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotida keltirilgan.

Ma'lum qilinishicha, hisobot topilgan jasadlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida tuzilgan.

Tashkilot O‘rta yer dengizi orqali o‘tuvchi yo‘lni “dunyodagi eng ko‘p o‘limga olib keluvchi yo‘l” deb atadi hamda halok bo‘lganlarning real raqamlari ancha ko‘proqni tashkil qilishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi. Eng ko‘p qurbonlar 2016 yilda, Turkiyadan Gretsiyaga o‘tiluvchi eng qisqa va xavfsiz yo‘l yopilgandan keyin qayd qilingan: qurbonlar soni 5 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.  

“Qisqa va xavfsizroq yo‘llarning to‘silishi uzun va ko‘proq xavfga ega bo‘lgan yo‘llarning ochilishiga olib kelishi va oqibatda dengizda halok bo‘lish imkoniyatini oshirishi mumkin”, deyilgan hisobotda

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 1970-yillardan ayni vaqtgacha O‘rta Yer dengizini 2,5 milliondan ko‘proq odam kechib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: