Viktor Mahmudov Nikolay Patrushev bilan hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston 14:50 / 24.11.2017 10164

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvi natijalari bo‘yicha hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Patrushev MDH davlatlaridan bo‘lgan hamkasblari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan. 

Xususan, "Patrushevning uchrashuvlari natijalari bo‘yicha Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Stanislav Zas, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan hamkorlik rejalari imzolandi".

Shuningdek, Moldova Xavfsizlik Kengashi Oliy kengashi kotibi Artur Gumenyuk va RF Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rtasida xavfsizlik kengashlari devonlari o‘rtasida o‘zaro aloqalar haqida bayonnoma imzolandi. 

Patrushevning Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Abdurahim Qahhorov bilan uchrashuvida “ikki davlat maxsus xizmatlari va kuchishlatar tuzilmalarining o‘zaro munosabatlari masalalari ko‘rib chiqildi”.

Ko‘proq yangiliklar: