O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo marafonida qatnashadi

Sport 19:30 / 24.11.2017 3638

26 noyabr kuni Xitoyning Guandun provinsiyasi Dungan shahrida marafon bo‘yicha 16-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu chempionat Dungandagi har yilgi Xalqaro marafon bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Kun.uz nashriga ma'lum qilishicha, ushbu chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Andrey Aleksandrovich Petrov va  Marina Sergeyevna Xmelevskaya ham qatnashadi. 

Petrov Andrey - 42 km, 195 m. 
Xmelevskaya Marina - 42 km, 195 m. 

Marafonda 22 mamlakatidan jami 30 000 yuguruvchi, jumladan, 49 nafar professional sportchi qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: