O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aviareyslar soni oshiriladi

O‘zbekiston 14:02 / 24.11.2017 5274

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviareyslar sonini oshirishga kelishib olindi. Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi (IRV)ning Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi (FAQ) matbuot xizmati  shu haqida xabar berdi. 

"Qozog‘iston Respublikasi IRVning Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi va O‘zbekistonning aviatsiya ma'muriyati, shuningdek ikki mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida aviareyslar sonini oshirish borasida kelishuvlarga erishildi", - deyiladi idoraning Facebook sahifasida.

Shu tariqa Qozog‘istonning "Air Asatana" aviakompaniyasi 2017 yilning dekabridan Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni haftasiga 6tadan 7taga va Ostona-Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni haftasiga 3tadan 4tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. 

O‘z navbatida, "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Qozog‘istonga amalga oshiriladigan reyslari sonini 2017 yilning dekabridan Toshkent-Olmaota yo‘nalishida haftasiga 6tadan 7taga va 2018 yilning 4 martidan Toshkent-Ostona yo‘nalishida haftasiga 3tadan 4tagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

"Natijada mamlakatlar o‘rtasidagi reyslarning umumiy soni haftasiga 22 reysni tashkil qiladi, shu tariqa, yo‘lovchilar Toshkentdan Olmaotaga kuniga ikki marta,  Ostonadan esa kuniga bir marta parvoz qilishlari mumkin bo‘ladi. Kelgusida Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlariga ham aviareyslarning yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda", - deyiladi xabarda.

 

Ko‘proq yangiliklar: