Turkiya O‘zbekiston va yana o‘nlab davlatlardan Gulen tarafdorlari ekstraditsiyasini talab qilmoqda

Jahon 09:27 / 24.11.2017 16981

Turk muxolifatchisi Fathulloh Gulenning tashkiloti (FETO) a'zolari ishini ko‘rib chiqayotgan Anqara jinoiy sudi Turkiya adliya vazirligiga FETO rahbariyatining 45 vakilining 22ta davlatdan ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha so‘rovlar tayyorlash talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda

Eng ko‘p so‘rovlar (15ta, jumladan Gulenning ekstraditsiyasi bo‘yicha) AQSh hukumatiga yo‘llanadi. Anqaraning FETO tarafdorlari ekstraditsiya qilinishi kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Norvegiya, Niderlandiya, Malta, Albaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Isroil, Kamboja, Tailand, BAA, Madagaskar, Mozambik, Togo, JAR, Misr va Burkina-Faso davlatlari qatorida O‘zbekiston ham bor. 3 nafar gumonlanuvchining ekstraditsiyasi bo‘yicha so‘rovlar bir necha davlatga yo‘llanadi.

Shuningdek, Anqara Qozog‘istondan FETO yetakchilaridan biri, “Imom Bolqon” nomi bilan ma'lum bo‘lgan Mustafo O‘zjanning, Norvegiyadan “imom FETO” –  Sulaymon Uysalning, Niderlandiyadan Najot Basharanning, JARdan FETO’ning maslahatlashuv qo‘mitasi a'zosi Naji To‘sunning ekstraditsiya qilinishlarini talab qilmoqda. 

FETO 2016 yil 16 iyuliga o‘tar kechasi Turkiyada sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda Turkiya hukumati tomonidan ayblab kelinadi.

Ko‘proq yangiliklar: