Turkiya hammadan ko‘ra ko‘proq jangarilarni yo‘q qilgan – Chovusho‘g‘lu

Jahon 00:03 / 24.11.2017 6567

Turkiya Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar davomida IShIDning 4 mingdan ko‘proq jangarisini yo‘q qilgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi Mavlud Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.  

“Bu urush boshlangandan beri milliondan ko‘proq odamni o‘ldirgan Bashar Asad tuzumini tanqid qilib kelamiz... Biroq biz ixtilofning biror-bir yechimiga qarshi chiqmaganmiz, aksincha uni qo‘llab-quvvatlaganmiz”, deb aytdi Chovusho‘g‘lu Rimda jurnalistlarga. Chovusho‘g‘lu bu yerda Italiya-Turkiya iqtisodiy forumida ishtirok etgan.

U Turkiya “Suriya do‘stlari guruhi” va IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya a'zosi ekanligini eslatib o‘tdi.

“IShID jangarilarini Turkiyadan ko‘ra hech kim ko‘proq yo‘q qilmagan: Suriya va Iroqda 4 mingdan ko‘proq jangari yo‘q qilingan. Bundan tashqari, xorijdagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan 5 ming jangari Turkiyadan chiqarib yuborilgan, 3 ming terrorchi qamalgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.  

Uning aytishicha, Anqara uzoq vaqtdan beri Suriyadagi muxolif guruhlarni Jyenevadagi Suriyaaro muzokaralarda ishtirok etishga undamoqda, biroq bu jarayon Suriyaning tayyormasligi sabab natija keltirmayapti.

“Jyenevada ular o‘zaro kelishib olishlari lozim”, deb qo‘shimcha qildi Chovusho‘g‘lu.

Ko‘proq yangiliklar: