Tramp AQSh harbiylarining Yaqin Sharqda bo‘lishini xato deb atadi

Jahon 23:47 / 24.11.2017 8717

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatdan oldin tvitterda AQSh qo‘shinlarining Yaqin Sharqda bo‘lishi xato hisoblanishini, boz ustiga AQSh mintaqadagi harbiy operatsiyalarga 6 trln. dollarga yaqin mablag‘ sarflaganini yozgan. 

“Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan menga bunday betartiblik meros bo‘lib qolgan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish haqida gaplashaman. Men buning uchun qo‘limdan kelgan ishni qilaman, biroq agar yo‘qotilgan hayotlar va dollarlar hisoblansa, bizning u yerdagi aralashuvimiz boshidan xato bo‘lgan”, deb yozgan Tramp. 

Keyinroq Reuters axborot agentligi Tramp Erdo‘g‘an bilan uning Sochiga tashrifi, ikki tomonlama munosabatlar va Suriyadagi oxirgi voqealarni muhokama qilganini ma'lum qilgan. 

8 noyabrda The Wall Street Journal nashri AQSh 2001 yildan to shu kungacha Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Pokistondagi urushlarga 5,6 trln dollar sarflaganini ma'lum qilgandi. Ta'kidlab o‘tilganidek, bu qiymat Pentagon dastlab rejalashtirgandan 3 marta ko‘proqni tashkil qiladi.  

23 noyabrda shu nashrning o‘zi AQSh Suriyada IShID to‘liq yakson qilingandan keyin ham u yerda rasmiy Damashqqa bo‘ysunmaydigan yangi hokimiyat yaratish maqsadida qolmoqchiligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: