Toshkentda xalqaro media-forum bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 15:49 / 24.11.2017 3864

2017 yilning 28-29 noyabr kunlari O‘EOAVMAning MEDIA HALL'ida “O‘zbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi doirasida  “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi – ma'rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumda 100 dan ortiq xorijlik olim, ekspert, diplomat, shuningdek ilm-fan, mahalliy va xorijlik OAV vakillari ishtirok etishadi. Ishtirokchilar orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Belgiya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Turkiya, Gretsiya, Ozarboyjondan kelgan taniqli olimlar, muzey va ilmiy-tadqiqot institutining vakillari, ilmiy jurnal muharrirlari,  YuNeSKO va ICOMOS (Me'moriy yodgorlik hamda ahamiyatga molik joylarni saqlash xalqaro kengashi) tashkilotining a'zolari va O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘p sonli kitob, nashrlar mualliflari bor. 

Forum doirasida O‘zbekiston hududidan topilgan va dunyoning turli mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan noyob moddiy hamda madaniy meros obektlariga bag‘ishlangan ma'ruzalar tinglanadi.

Ko‘proq yangiliklar: