Toshkent yuridik kolleji ishga taklif qiladi

Jamiyat 10:58 / 24.11.2017 14020

2017 yil 10 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 901-son qarori qabul qilindi. Qarorda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma'naviy-axloqiy fazilatarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish nazarda tutilgan. Shunga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Toshkent yuridik kolleji quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif etadi:

1.  Ona tili va adabiyot
2.  Xorijiy til
3.  Rus tili
4.  Tarix
5.  Matematika
6.  Informatika va axborot texnologiyalari
7.  Fizika
8.  Astronomiya
9.  Kimyo
10.  Biologiya
11.  Jismoniy tarbiya
12.  Estetika
13.  Dinshunoslik
14.  Milliy istiqlol g‘oyasi
15.  Iqtisodiyot asoslari
16.  Notarial harakatlarni rasmiylashtirish
17.  Yuridik xizmat faoliyati
18.  Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
19.  Ijro ishini yuritish
20.  Sud va advokaturada ish yuritish
21.  Huquqshunos-pedagoglar yo‘nalishlar bo‘yicha

O‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan xodimlar o‘quv-uslubiy hujjatlarni sifatli tayyorlash (o‘quv rejalar, dasturlar, tarqatma materillar), mashg‘ulotni ta'limning interfaol metodlarini tatbiq etgan holda olib borish va o‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodlarga nisbatan qo‘yilgan talablar:

-oliy ma'lumot;
-amaliy va (yoki) pedagogik ish tajribasi;
-og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari;
-o‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish rag‘batlantiriladi.

Qarorga muvofiq kollej xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar bilan moddiy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Rezyumeni quyidagi elektron pochtaga yuboring (muddat 2017 yilning 
31 dekabrigacha):

sanayev.botir@umail.uz   
Qo‘shimcha ma'lumot uchun: Telefon: +99871 275 77 12; +99898 809 61 64
Kollej veb-sayti: www.tyuk.uz

Ko‘proq yangiliklar: