Tailanddagi avtohalokatda myanmalik 14 muhojir halok bo‘ldi

Jamiyat 09:17 / 24.11.2017 4543

Tailandda 24 noyabrda myanmalik mehnat muhojirlarini Singburi viloyatidan tashib ketayotgan mikroavtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyada ma'lum qilindi.

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokat viloyatdagi shosselardan birida yuz bergan. Mikroavtobus yo‘l chetiga qo‘yilgan yuk mashinasiga urilib, yonib ketgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, barcha yo‘lovchilar halok bo‘lganlar.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga haydovchining uxlab qolishi sabab bo‘lgan. Ushbu voqea yuzasidan taftish olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: