Rio Olimpiadasi chempioni O‘zbekiston chempionatida qatnashmoqda

Sport 17:20 / 24.11.2017 17417

24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yil musobaqada respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod bokschi 10ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Musobaqada jami 193ta jang bo‘lib o‘tadi. E'tiborli jihati ishtirokchilar orasida 2016 yilgi Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov ham bor.

Bugun dastlabki janglar boshlandi.

30 noyabr kuni final janglari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: