Muqobil manbalardan ortiqcha elektr energiyasi ishlab chiqqanlarga sotish huquqi taqdim etiladi

Iqtisodiyot 16:55 / 24.11.2017 8990

24 noyabrda Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiya Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida qanday ishlar olib borilayotganiga doir masala ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri. Bu borada berilgan savolga Oliy Majlis deputati Farhodjon Quvvatov shunday izoh berdi. 

Foto: Xalqaro Press-klub

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari xususida qonun loyihasi deyarli nihoyasiga yetdi. Hozir kelishuv jarayonida. Bu yo‘nalishni davlat rahbari ham alohida e'tiboriga olgan. Yaqindagina shu sohaga doir qaror qabul qilgan. Qonun loyihasida duch kelingan qiyinchilik shuki, bizda elektr energiyasi yetkazib berish faqat “O‘zbekenergo”ga yuklatilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan bo‘lsa, u xoh yuridik, xoh xususiy shaxs bo‘lsin, ortiqcha energiyani sotish imkonini ularga birdek taqdim etishimiz kerak. 

Shu nuqtai nazardan prezident tomonidan qabul qilingan qaror buni amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun jihozlar, uskunalar, bular quyosh panellari bo‘ladimi, biogaz uskunalarimi, farqi yo‘q, ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berishni nazarda tutadi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni istagan tadbirkorlar xorijdan texnologiyalarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan”, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farhodjon Quvvatov.

Ko‘proq yangiliklar: