Koreyada ishlab qaytgan o‘zbekistonlik fuqarolar diqqatiga! Sug‘urta pullaringiz qaytarilmoqda 

Jamiyat 10:09 / 24.11.2017 22322

Qadrli yurtdoshlar!

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi EPS (Ishga yollash tizimi) markazi e'lon qiladi:

Koreyaga N-2, Ye-9 vizasi bilan ishlash uchun jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik fuqarolarning (Samsung ho'je po'xo'ngim) sug‘urta sifatida kiritgan boshlang‘ich puli qaytarilmoqda. 

Agarda siz Koreyada mehnat qilib, O‘zbekistonga qaytayotganda sug‘urta puli (Samsung ho'je po'xo'ngim)ni olmagan bo‘lsangiz, omonatingizni olib ketishingiz mumkin. 

O‘z mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlab, O‘zbekistonga qaytgan va 2 yildan ortiq vaqt ichida sug‘urta pulini olishni unutgan fuqarolar markazga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatda o‘z familiya va pasport raqamingizni tekshirib ko‘rishingizni so‘raymiz. So‘ngra kerakli hujjatlar bilan EPS markaziga tashrif buyurib, pullarni qaytarib olishingiz mumkin.  

Sizlardan o‘z familiya va pasport raqamingizni tekshirib ko‘rishingizni so‘raymiz. 

Kerakli hujjatlar: Pasport (Pasport stolidan pasportning o‘zgarganligi haqida ma'lumotnoma) bankdan hisob raqami.

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tolimarjon ko‘chasi, 3. O‘zbekistondagi EPS markazi
Tel: +99871 2919545

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: