Foto: Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Koreya milliy muzeyida

O‘zbekiston 19:00 / 24.11.2017 67640

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In hamrohligida Seul shahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga tashrif buyurdi. Koreya prezidenti matbuot xizmati ushbu tashrif suratlarini taqdim etdi.

Mazkur muzey Janubiy Koreyaning eng yirik tarixiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. 1945 yil asos solingan muzey uchun 2005 yil o‘ziga xos me'moriy yechimga ega zamonaviy bino barpo etilgan.

Osiyoda eng yirik, deya e'tirof etiladigan ushbu muzey ko‘lami jihatidan dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Muzeyda 220 mingdan ortiq tarixiy, badiiy, arxeologik va boshqa eksponatlar mavjud.

Shavkat Mirziyoyev muzey bo‘limlari va eksponatlari bilan tanishdi. Madaniy-gumanitar sohada ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olingan.

Ko‘proq yangiliklar: