Eronlik ayollarga og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat beriladi

Sport 09:25 / 24.11.2017 5835

Eronlik og‘ir atletikachi ayollarga xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat beriladi. Bu haqda Eronning og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Ali Murodiy ma'lum qildi.

“Biz Eronning og‘ir atletika federatsiyasi ayollar qo‘mitasini tashkil etdik va bizda iste'dodli ayol sportchilar bor”, deb aytgan  Murodiy.

“Ular erkaklar kabi yuqori ishchanlikka egalar va men ular yaqin kelajakda musulmon sportchi ayollar uchun maxsus kiyimlarda xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olishlariga umid qilaman. Bu yaxshi yangilik, ayniqsa, erkaklar orasida og‘ir atletika eng yuqori darajada, ayollar orasida esa 0 darajada bo‘lgan Eron uchun juda muhimdir”, deb aytdi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) bosh direktori Attila Adamfiy.  

Shuningdek, Saudiya Arabistoni og‘ir atletika federatsiyasida ham ayollar dasturi tashkil etilgani ma'lum qilindi. Eron va Saudiya Arabistoni og‘ir atletika bo‘yicha ayollar musobaqalarida ishtirok etmaydigan eng yirik musulmon davlatlari hisoblanadilar.   

Umuman olganda, ayollar og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda 1983 yilgacha ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar. IWF qoidalari o‘zgartirilgandan keyin, ular 1987 yildan boshlab jahon chempionatlarida, 2000 yildan boshlab esa Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni boshlaganlar.

Ko‘proq yangiliklar: