AQSh Janubiy Koreyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini safarbar etadi

Jahon 07:50 / 24.11.2017 7515

Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyaga 6ta F-22 Raptor jangovar qiruvchi samolyotlarini tashlaydi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Ular harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

«AQSh harbiy-havo kuchlarining F-22 qiruvchi samolyotlari 4-8 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Vigilant Ace mashg‘ulotlarida qatnashish uchun keladi», — degan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi rasmiy vakili. 

Yonhap yangiliklar agentligiga ko‘ra, bu mashg‘ulotlarda birinchi marotaba 6 ta F-22 qiruvchisi qatnashmoqda. 

Vigilant Ace mashg‘ulotlari ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ikki tomonlama harbiy mashg‘ulotlardir. 

Avvalgi o‘quv mashg‘ulotlarida 16,000 amerikalik harbiy xizmatchisi qatnashgani ta'kidlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: