O‘zmilliybank Koreya Eksimbanki bilan 150 mln. dollarlik zayom kelishuvini imzoladi

Iqtisodiyot 13:00 / 23.11.2017 5085

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida, 2017 yilning 22 noyabr kuni Korea Eximbank Eksport-import banki va O‘zmilliybank o‘rtasida miqdori 150 mln. AQSh dollari bo‘lgan zayom kelishuvi imzolandi.

Kelishuv bilan kichik biznes loyihalarini, shuningdek, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan uskunalar, tovarlar va xizmatlar xarid qilishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun revolverli kredit liniyasini taqdim etish nazarda tutilgan.

Kredit liniyasi hisobidan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, qurilish materillari, avtosanoat va boshqa sohalardagi loyihalar moliyalashtiriladi.

Zayom kelishuvi «kafolatlanmagan», ya'ni hukumat kafolati taqdim etilishini nazarda tutmaydi.

O‘zbekistonlik ishbilarmonlar janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishga katta manfaatdorlik bildirishmoqda. Xususan, bugungi kunda O‘zmilliybankning 200dan ortiq mijozi – tadbirkorlik sub'yektlari Janubiy Koreyadan yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilishni, jumladan, o‘z mablag‘lari hisobidan, qo‘shma korxonalarni tashkil etish yo‘li bilan, investitsiyalar hamda Koreya banklaridan kreditlarni jalb etgan holda, umumiy miqdori taxminan 800 mln. AQSh dollari bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: