O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

Jamiyat 09:20 / 23.11.2017 25186

Shu yilning 22 noyabr kuni O‘zbekistondagi masjidlar soni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida navbatdagi masjid foydalanishga topshirilishi bilan yana bittaga ortdi. Tumandagi “Tolli ota” jome masjidiga Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan masjid ustavining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi. 

Albatta, bu “Tolli” mahallasida istiqomat qiluvchi namozxonlar uchun juda katta tuhfa bo‘lib, ularning ibodatlarni ado etishida ulkan qulayliklar taqdim etadi. 

Qayd etish joizki, shu bilan O‘zbekistondagi masjidlar soni 2043 taga yetdi. Shundan eng ko‘pi Samarqand viloyatida bo‘lib, u yerda 285 ta masjid faoliyat yuritadi. Toshkent viloyatida 221 ta, Farg‘ona viloyatida 192 ta masjid ro‘yxatga olingan. So‘z yuritilayotgan Surxondaryo viloyatida shu vaqtga qadar 100 ta masjid musulmonlarga xizmat ko‘rsatgan.

Ko‘proq yangiliklar: