O‘zbekistonda milliy elektron savdo platformasi xalqaro darajaga ko‘tarilmoqda

Fan-texnika 18:49 / 23.11.2017 7149

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Uztrade AJ rahbariyati koreyalik hamkorlar bilan elektron savdo sohasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv va memorandum imzoladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati KUN.UZ'ga xabar qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Koreyaning KITA (Koreya xalqaro savdo assotsiatsiyasi) hamda KTNET (Koreya milliy elektron savdo platformasi) tashkilotlari bilan ushbu kelishuvga oid hujjatlar imzolangan.

Unga ko‘ra, tashqi savdo faoliyatiga taalluqli yagona milliy elektron savdo platformasi yaratiladi. Yangi ishga tushirilgan tradeuzbekistan.com veb-sayti orqali eksport-import amaliyotidagi jarayonlarni ayni vaqtda boshqarish imkoniyati bor. Shuningdek, uchrashuvda naqdsiz savdolar amalga oshirishi ko‘zda tutilgan platforma Alibaba, Ebay, Allbiz kabi elektron savdo maydonchalari miqyosida faoliyat olib borishi muhokama etildi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi

Shuningdek, Uztrade AJ Janubiy Koreyaning Suwon kompaniyasi bilan hamkorlikda poytaxt Seul shahrida o‘zbek-koreys savdo uyi hamda Show-room tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Ko‘proq yangiliklar: