Peru terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokidan mahrum etilishi mumkin 

Sport 09:30 / 23.11.2017 13259

Peru terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqidan mahrum etilishi mumkin. Mahalliy Libero nashrining yozishicha, perulik siyosatchi Paloma Noseda mamlakat futbol federatsiyasi to‘liq davlat nazoratiga o‘tishi ko‘zda tutiluvchi qonun qabul qilinishini taklif qilgan.

Ma'lumki, futbol federatsiyalarining hukumatlar tomonidan nazorat qilinishi FIFA tomondan taqiqlangan. Shu sababli agar taklif qilinayotgan qonun qabul qilinsa, FIFA Peru futbol federatsiyasini o‘z tarkibidan chiqarishga qaror qilishi mumkin va buning oqibatida Peru jahon chempionatidagi ishtirokidan mahrum bo‘ladi. Uning o‘rnini jahon chempionatiga chiqa olmagan boshqa bir terma jamoa egallashi mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, FIFAda ushbu holatdan tashvish bildirilgan va Peru hukumatiga taklif qilingan qonun bo‘yicha batafsil ma'lumot taqdim qilinishi iltimosi bilan murojaat qilingan. 

Peru pley-off bosqichida Yangi Zelandiyani mag‘lub etib, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: