Oliy darajadagi biznes-forum koreyalik yuzlab investorlarga yangi biznes g‘oyalarni beradi - Koreya vaziri

O‘zbekiston 10:30 / 23.11.2017 3782

Seulda o‘tayotgan Koreya – O‘zbekiston biznes forumida qatnashayotgan Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya masalalari vaziri Kim Dong-Yon «O‘zbekiston 24” telekanali muxbiriga o‘z fikrlarini bildirdi:

— O‘zbekiston Prezidentining nihoyatda ochiq va samimiy nutqi, Koreya sarmoyadorlari bilan o‘tkazgan muloqoti meni hayratda qoldirdi. Prezident nutqining ijobiy quvvati forumning har bir ishtirokchisi, shu qatorda menga ham ko‘chdi. 

Shavkat Mirziyoyev biznesda har bir jihatni unutmagan holda ikki tomonlama manfaatli tashabbuslarni ilgari surmoqda.

O‘zbekiston rahbari Koreya biznes doiralari vakillariga mamlakat investitsion muhitida ochiqlik va shaffoflikni so‘zsiz ta'minlanishini alohida ta'kidladi.

O‘tgan bir yil davomida O‘zbekistondagi iqtisodiy, moliyaviy sohadagi katta o‘zgarishlarni kuzatmoqdamiz. O‘ylaymanki, bugun oliy darajada bo‘lib o‘tgan biznes-forum yuzlab investorlarga yangi biznes g‘oyalarni beradi. Ular o‘zlari uchun yangi O‘zbekiston bozorini kashf qilishiga inshonaman. Koreya O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi dadil harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: