Nahotki, gadjyet va internet bolalaringiz qobiliyatidan ustunlik qilsa?

Jamiyat 11:12 / 23.11.2017 8466

Bugungi asrni bir so‘z bilan texnologiyalar davri desak bo‘ladi. Albatta, texnik taraqqiyoti – bu ajoyib! Biroq e'tibor berdingizmi, farzandlarimiz va o‘zimiz juda ko‘p vaqtni turli gadjyetlar va kompyuterlarga sarflayapmiz? Biroq u ko‘rish qobiliyatimizga zarar keltiradi, atrofdagi olamdan bizni uzib qo‘yadi va  nafaqat bolalar, balki kattalarning ham asab tizimiga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Nahotki, bolalik va salomatlikni virtual olamga alishish mumkin? Albatta mumkin emas. Sababi, hayot bizlarga bir marotaba hadya etiladi va uni foydali, yorqin lahzalarga boy holatda o‘tkazishi kerak. Barkamol rivojlanish - sport, raqs, kuylash, rasm mashg‘ulotlari yoki biron bir ijodiy ishlar yaratishga qiziqish  - internetda soatlab vaqt ketkazishdan ko‘ra qiziqarli va foydaliroqdir!  

Ba'zida televizor orqali raqs namoyishlari yoki taniqli qo‘shiqning ijrosini tomosha qilayotganingizda, o‘ylanib qolasiz: «Nima uchun sahnada mening farzandim emas? Axir u ham san'atda qolishmaydi, hattoki, boshqalardan-da qobiliyatliroqdir!» Farzandning salohiyatiga e'tibor qaratish — ota-onaning eng asosiy vazifasidir. Balki, aynan bolalikdagi aniqlangan qobiliyatlar farzandingizni kelajakda nufuzli mukofotlarning sohibiga aylantirar? 

Foto: Vivace.uz

Shunday ekan vaqtni zoye ketkazmay, bolalarni qiziqarli ijodiy  to‘garaklarga yo‘naltirish kerak.  

Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan Vivace — yangi, eng zamonaviy, professional uskunalar bilan jihozlangan studiya bo‘lib,  bu yerda bolalar 4 yoshdan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishadi: estrada vokal, xoreografiya, aktyorlik mahorati va xendmeyd (qo‘l mehnati).

Estrada vokal

Albatta, vokal bilan uyda ham shug‘ullanish mumkin. Biroq kuyning eng avjiga chiqqaningizda, “mehribon” qo‘shnilar eshik taqillatib, ijod qilishingizga xalaqit berishadi.  Lekin xavotirlanishga hojat yo‘q, ijodiy studiya eshiklari farzandlaringiz uchun doimo ochiq!!!

Foto: Vivace.uz

Bu yerda o‘quvchilar nafaqat o‘z ovozlari, nafaslarini boshqarishni, qo‘shiqni to‘g‘ri ijro etish, mikrafonga egalik qilish sirlarini ham o‘rganishadi, Studiyadagi mashg‘ulotlar tufayli bolalar sahnada hayajonsiz o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, chiroyli kuylash va harakatlanishni o‘rganishadi.  Shuningdek, ular turli tanlovlarda, shoularda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun imkon yaratiladi. Mashg‘ulotlar  professional nemis apparaturasi – Dynacord orqali amalga oshiriladi.

 

Raqs

Foto: Vivace.uz

Bejiz aytishmagan: «harakat — bu hayot». Raqsning barcha turi — jismoniy faollik demakdir. Jismoniy salomatlik esa sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi hisoblanadi va organizmga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi:

  • Raqs mushaklarni harakatga keltiradi va  to‘qimalarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
  • Bel mushaklarini chiniqtiradi va go‘zal qomat shakllanishiga yordam beradi.
  • Mashqlar natijasida shamollash kasalliklarini ham oldi olinadi.
  • Nafas olish tizimini yaxshilaydi.
  • Ishchanlik qobiliyatini oshiradi.
  • Doimiy raqs mashg‘ulotlari ortiqcha vaznni yo‘qotadi.

 

Teatr mashg‘ulotlari va aktyorlik mahorati

Aktyorlik mahorati bolaning emotsional va ijtimoiy  intellektini rivojlantiradi.  Nutqni ravonlashtirish,  tasavvurni shakllantirish bilan bir qatorda bu yerda hissiyotlarni boshqarish, o‘zgalarning tuyg‘ularini aniqlay olish, hamdard bo‘lish, o‘z orzu va fikrlarini boshqalarga yetkaza olish qobiliyatlari ham paydo bo‘la boshlaydi.

Foto: Vivace.uz

Teatr mashg‘ulotlari quyidagi muhim sifatlarni paydo qilishga yordam beradi:

  • Hordiq chiqarish
  • Muloqot
  • Notiqlik mahorati
  • Hislarni jilovlash
  • San'atga muhabbat
  • Tasavvur kengligi
  • Qo‘rquvni yengish

Handmade va rassomchilik

Xendmeyd — nafaqat dam olish, balki mehnatsevarlik va mahoratni oshirish uchun ajoyib vosita. U miya nutq markazlarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq.Har bir mashg‘ulotdan so‘ng farzandingiz o‘zi bilan albatta, bitta ijodiy ishini  olib ketadi.  Mazkur kurs bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazishga, shuningdek, did, tasavvurni rivojlantirishga va yangiliklar yaratishga imkon beradi.

Foto: Vivace.uz
Foto: Vivace.uz

Rassomchilik hattoki, matematik qobiliyatlarni shakllantirishga qodir san'at turidir. Bolalar rasm chizish orqali tahlil qilish, taqqoslash, mo‘ljalga olishni o‘rganishadi.  Hech nima ularni  qog‘oz va bo‘yoqlar kabi kayfiyatlarini ko‘tarib, hordiq bermaydi. Shuningdek, suratlar bolalar xotirasini yaxshilab, diqqatni bir yerga jamlashda yordam beradi.

Mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega, xalqaro tanlovlar laureati bo‘lgan pedagoglar tomonidan olib boriladi.  Keng amaliyot ko‘nikmasi tufayli  pedagoglar yoshidan qat'i nazar, har bolaga individual yondashuv ko‘rsatishadi.

Foto: Vivace.uz

Bizning safimizga qo‘shiling. Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Facebook: fb.com/Talant.st
Instagram: @vivace.studiya
Sayt: Vivace.uz
Telefonlar: +99895 1776606, +99890 1681986
Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 69 b uy
Mo‘ljal: Gospital bozori, sobiq “Bolajon” do‘koni.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: