Milliarder Ross Perodan badavlat bo‘lish bo‘yicha saboq

Light 20:40 / 23.11.2017 12972

Forbes nashrining 100 yilligiga Electronic Data Systems korporatsiyasi asoschisi, milliarder Ross Pero buyuk g‘oyalar qanday qilib badavlat bo‘lishga olib kelishi haqida esse yozdi.

“Buyuk g‘oyalarga ishoning. 1962 yilda men IBM kompaniyasining ulkan elektron mashinalarining eng samarali sotuvchisi bo‘lganman. Men kompaniya rahbariyatini ushbu mashinalarga qo‘shimcha ravishda xizmatlar sotmaslik oqibatida ulkan imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotganiga ko‘ndirishga harakat qilganman. Men xaridorlarga ularning yangi qurilmalari qanday ishlashini tushunishlarida yordam ko‘rsatish kerak, deb hisoblaganman. Biroq IBM’ga bu qiziq bo‘lmagan va o‘zim ham bu g‘oyamdan voz kechishimga sal qolgan.

Men o‘sha haftaning o‘zida sartaroshxonaga sochimni oldirgani borganman va Reader's Digest jurnalini varaqlab o‘tirganimda yozuvchi Genri Devid Toroning so‘zlariga ko‘zim tushib qolgan: “Ko‘pchilik odamlar osoyishta chorasizlikda hayot kechiradilar”. Biroq bu men haqimda emasdi. Aynan shu onda men o‘ylagan g‘oyamni amalga oshirishga va o‘z kompaniyam – Electronic Data Systems’ga asos solishga qaror qilganman. 70 nafar ehtimoliy xaridorga qo‘ng‘iroqdan keyin men birinchi mijozni topganman. 20 yil o‘tib, men kompaniyamni General Motors’ga sotganimdan keyin yangi avloddagi tadbirkorlar tayyorlash bilan shug‘ullana boshlaganman. 1986 yilda men ko‘p narsani uddalay olishimni anglab, Stiv Jobsning keyinchalik Apple’ga sotgan NeXT Computer kompaniyasiga sarmoya kiritganman. Stiv ham buyuk g‘oyalarga ishongan”, deb o‘z hayotiy tajribasi bilan bo‘lishdi milliarder.

Ko‘proq yangiliklar: