Libertadores kubogi finali. Braziliya jamoasi Argentina klubini yengdi

Sport 08:10 / 23.11.2017 5908

Braziliyaning Portu-Alegri shahrida mahalliy «Gremio» va Argentinaning «Lanus» klubi o‘rtasidagi Libertadores kubogi finalining ilk uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Mezbonlar ushbu uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bellashuvda hal qiluvchi golni Sisero kiritdi, u bahs yakunlanishidan biroz avval o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi – yarim himoyachi maydonda paydo bo‘lganidan 11 daqiqa o‘tib gol urgan. Har ikki jamoa umumiy hisobda yetti marta ogohlantirish oldi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi Argentinada 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: