Savdo avtomatlari yanada qulay: endi plastik kartalar orqali xaridni boshlaymiz

Jamiyat 09:52 / 23.11.2017 19118

Savdo avtomatlarida ichimlik va yeguliklarni faqatgina naqd pul bilan xarid qilish noqulaylik tug‘dirarmidi? 

Ajoyib yangilik!  Endilikda siz VENDMARKET savdo avtomatlarida to‘lovlarni plastik kartalar orqali ham amalga oshirishingiz mumkin. 

Foto: VENDMARKET 

Plastik kartalar yordamida xarid qilish juda oson va ko‘p vaqt talab etmaydi. VENDMARKET savdo avtomatlarida o‘rnatilgan terminallar jahondagi yirik kompaniyalarning tanlovidir. Hozirda ushbu terminallar vending sohasiga hissa qo‘shayotgan jahonning yirik davlatlari, xususan, AQSh, Avstriya, Germaniya, Italiya va Rossiyadagi qator kompaniyalarda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zining qulayligi bilan samarali natija berib kelmoqda. 

Foto: VENDMARKET 

VENDMARKET kompaniyasi haqida

2014 yilda O‘zbekiston hududida innovatsion g‘oyalarni ilgari surib, o‘z faoliyatini boshlagan VENDMARKET Markaziy Osiyo bo‘ylab savdo avtomatlari terminallar bilan jihozlagan yagona kompaniya hisoblanadi. Hozirda kompaniyaning avtomatlari biznes va savdo markazlari, tibbiyot, ta'lim muassasalari, shuningdek, atrofida do‘konlar qurish uchun sharoit bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan bo‘lib, aholiga yanada qulaylik yaratgan holda vaqtni tejashga yordam bermoqda.

Ushbu savdo avtomatlariga xizmat ko‘rsatish Germaniya, Italiya va Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirib kelgan VENDMARKET korxonasining yuqori tajribali xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.  

Savdo va qahva apparatlarining afzalliklari:
•    Issiq choy, qahva va uning har xil turlari poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlariga gigiyena  talablariga javob beradigan bir martalik ekologik toza idishlarda tavsiya qilinadi;
•    Shirinlik va barcha taklif qilinayotgan mahsulotlarimiz ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan harorat va namlikda saqlanadi, yaroqlili muddatini to‘g‘ri saqlaydi;

•    Savdo avtomatda inson omili (sotuvchi) bo‘lmaydi, xaridor esa o‘zi tanlagan mahsulot yoki buyurtma bergan ichimlikni avtomat tugmasini bosgan holda tez muddatda xarid qilish imkoniga ega;

•    Kichik savdo maydoni. Birgina avtomatni o‘rnatish uchun o‘rtacha hajmda 1-1,5 kvadrat metr maydonli joy kerak bo‘ladi.

•    Avtomat 24 soat davomida, dam olish kunlari va bayramlarda ham ishlaydi. Masalan, sizni tunda mazali shirinliklar, ichimlik suvi yoki issiqqina qahva sotib olishingizga to‘g‘ri keldi. Savdo avtomatlari yordamida istalgan mahsulotni yarim tunda ham xarid qilish imkoniga egasiz.

Foto: VENDMARKET 

Ma'lumot o‘rnida

Savdo avtomatlari orqali sotiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari orasida turfa xil chanqoqbosdi yaxna ichimliklar va qahvaning xilma-xil turlari, shirinliklar hamda uzoq muddatgacha saqlanuvchi istalgan mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati mavjud.
 

VENDMARKET kompaniyasining barcha  loyihalari mijozlar ishonchini oqlash maqsadida amalga oshiriladi. 

Facebook: https://www.facebook.com/vendmarket/
Murojaat uchun telefon: +99871 200-20-03

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: