Argentina jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya bilan o‘ynashdan bosh tortdi 

Sport 08:30 / 23.11.2017 8690

Argentina terma jamoasi 2018 yil 23 martiga belgilangan, Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi.

Football Italia’ning ma'lum qilishicha, Argentina futbol uyushmasi (AFA) bunday qarorni Italiya Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmagandan keyin qabul qilgan. 

Manbaning ta'kidlashicha, AFA “Skuadra Adzurra” pley-off bosqichida shvetsiyaliklarga imkoniyatni boy berganidan keyinoq bu haqda italiyalik hamkasblarini xabardor qilgan.

Argentina tomoni yo‘llagan maktubda uchrashuvning bekor qilinishiga jumladan muxlislar tomondan ushbu uchrashuvga qiziqish bo‘lmasligi va Italiya terma jamoasining tajribaviy tarkibi bilan o‘ynalishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Bunday tushuntirishga qaramasdan, ushbu holat Italiya matbuotida Italiya termasining jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin Italiya futboli uchun yana bir xo‘rlanishdek qabul qilindi.     

Italiyaliklar 60 yildan beri ilk marta jahon chempionatiga chiqa olishmadi. 

Ko‘proq yangiliklar: