Apple iPhone uchun bukiluvchi displey yaratdi

Fan-texnika 22:35 / 23.11.2017 8031

Internetda Apple kompaniyasi iPhone’ning bo‘lg‘usi modellari uchun bukiluvchi displeyga patent olish uchun bergan arizasi paydo bo‘ldi. Bu esa kompaniyaning yig‘iluvchi gadjyet ustida ishlayotgani haqidagi mish-mishlarning rostligini tasdiqlaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya bu antiqa qurilmani LG kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratmoqda.

Arizada aytilishicha, bo‘lg‘usi smartfon unga bukilishga imkon beruvchi bukiluvchan qism oladi.

Ayni vaqtda Apple bu qurilmada OLED yoki LCD yoki yana boshqa turdagi ekran qo‘llashi noma'lum.

Ma'lum qilinishicha, ekran chetlari biroz qayrilgan bo‘ladi, bu esa qurilmaning tashqi ko‘rinishi deyarli “hoshiyasiz” bo‘lishiga erishishga imkon beradi.

Foto: Patently Apple

 

Ko‘proq yangiliklar: