«Hammasiga Donald aybdor»: Klinton Trampni ruslarni ig‘voga undashda aybladi

Jahon 11:17 / 23.11.2017 9505

AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampni prezidentlik saylovlari davrida o‘ziga nisbatan kompromat qidirish jarayonida «ruslarni ig‘voga undashda» aybladi. Bu haqda u maxfiy xizmat yozishmalari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib aytib o‘tgan.

«Men davlat kotibi bo‘lgan vaqtimda bizning hukumat serverlarimiz buzib kirilgani aniq, hamda mening fikrimcha, Tramp tomonidan ig‘voga undalgan ruslar mening shaxsiy serverimda nimanidir topishga rosa harakat qilishgan», - deya aytib o‘tdi siyosatchi Hugh Hewitt Show efirida.

Avvalroq WikiLeaks bosh muharriri Julian Assanj Hillari Klintonning ushbu saytda e'lon qilingan elektron yozishmasi buzib kirilmagani – uni AQSh Davlat departamenti taqdim etgani haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: