Hammasi Eronga qarshi. AQSh Suriya shimoli bo‘yicha o‘z rejasiga ega – OAV

Jahon 11:24 / 23.11.2017 8602

AQSh hukumati Suriya shimolida yangi mahalliy boshqaruvni shakllantirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayangan holda.

Xabar qilinishicha, Suriyadan «AQShning tezkorlik bilan ketishi» Suriya prezidenti Bashar Asadga mamlakat «hududini bosib olishni yakunlashga» yordam berishi hamda «uning siyosiy jihatdan omon qolishini kafolatlashi» mumkin bo‘lardi.

Gazetaning ma'lum qilishicha, bunday variant Suriyaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Eron uchun g‘alabaga aylangan bo‘ladi.

«AQSh rasmiy shaxslari bunday natijadan qochish maqsadida Suriya shimolida amerikalik harbiylar qolishini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanliklarini ma'lum qilishdi. Bu yerda amerikaliklar Suriya demokratik kuchlariga (SDF) IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda yordam berdilar va tegishli ko‘nikmalarini shakllantirdilar. Shuningdek, bu tumanlarda Asad hukumatidan boshqa bo‘lgan, yangi mahalliy boshqaruv tashkil etilishi lozim», - deya xabar beradi nashr.

Ko‘proq yangiliklar: