Amerikaliklar Qozog‘istondan minnatdor ekanliklarini aytishdi

Jahon 14:15 / 23.11.2017 14649

AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi Shukrona kuni munosabati bilan maxsus videorolik tayyorladi, unda Qozog‘istonga qachonlardir tashrif buyurgan turli yoshdagi amerikaliklar ishtirok etdi. Ular ushbu mamlakatdan minnatdor ekanliklarini izhor etishgan.

"Bu Shukrona kunida amerikaliklar Qozog‘istonga nimadan minnatdor ekanliklarini aytib o‘tishdi. Bunday narsalar bilan bo‘lishing! Siz ham kimga, yoki nimadan minnatdor ekanligingizni yozing", - deya ta'kidlanadi AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi xabarida.

Shukrona kuni (Thanksgiving Day) – AQShda davlat bayrami bo‘lib, noyabrning har to‘rtinchi payshanbasida nishonlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: