AQSh hukumati Suriyada qo‘shinlarini qoldirmoqchi

Jahon 06:40 / 23.11.2017 7152

AQSh hukumati IShID yakson qilingandan keyin ham Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqmaslikni va mamlakat shimolida yangi hokimiyatni ta'sis etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bir qator manbalarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda. 

Manbalarning aytishicha, AQSh qo‘shinlarining Suriyadan birdaniga olib chiqilishi prezident Bashar Asadga “Suriya hududini bosib olishni yakunlashga” yordam berishi va unga “siyosatda qolish”ni kafolatlashi mumkin.

“Bu Suriyaning eng yaqin ittifoqdoshi Eron uchun g‘alaba bilan tugaydigan yakundir”, deb ta'kidlamoqdalar AQSh hukumatidagi manbalar.

Bunday yakundan qochish uchun AQShning rasmiy shaxslari Suriya shimolida harbiylarni qoldirishni va u yerda Asad hukumatidan xoli mahalliy hokimiyatga asos solishni rejalashtirmoqdalar.

AQSh vakillari qo‘shinlarni “Suriya demokratik kuchlari”ni qo‘llab-quvvatlash va shu asnoda Asadni Jyenevadagi muzokaralar vaqtida yon bosishga majbur qilish uchun ham ushlab turishmoqchi.

Amaldorlarning ta'kidlashicha, “AQSh qo‘shinlarining Suriyada doimiy bo‘lishi IShIDning qolgan unsurlarini yo‘q qilish uchun ham zarur”.

“AQSh ma'muriyati Suriyada bo‘lishini kengaytirish bilan birga Rossiya bilan yangi hamkorlikka intilmoqda”, deb ma'lum qilindi nashrda.

Ko‘proq yangiliklar: