Zimbabveda yangi prezident qachon paydo bo‘lishi mumkinligi aytildi

Jahon 08:16 / 22.11.2017 8356

Zimbabve sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva prezident lavozimini bugun, 22 noyabr kuni egallashi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga tayangan holda xabar bermoqda.

«Men uyga qaytaman, men sizlar, Zimbabve xalqi bilan siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishni boshlashim kerak. Buni intiqlik bilan kutmoqdaman. Ular bizning sevimli davlatimiz oldida turibdi», - deya aytib o‘tdi Mnangagva o‘z intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, prezident Robert Mugabe 21 noyabr kuni lavozimidan rasman ketdi. Bunga qadar esa mamlakat parlamenti unga impichment e'lon qilgandi.

Avvalroq Mugabelarning mulki musodara etilishi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: