Tuzatish. Shuhrat Nuraliyev hayot, lekin chuqur koma holatida

Jamiyat 18:43 / 22.11.2017 97570

Bir qancha vaqt muqaddam taniqli teatr va kino aktyori, rejissyor Shuhrat Nuraliyevga yaqin bo‘lganlar u og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgani haqida xabar berishgandi.

Keyinchalik aniqlik kiritilishicha, taniqli aktyor Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda. U koma holatida ekani aytilmoqda, shifokorlar aktyor va rejissyorning hayoti uchun kurashmoqda.

Tahririyat tasdiqlanmagan xabarni bergani uchun o‘quvchilardan uzr so‘raydi.

Ko‘proq yangiliklar: