Turkiyada navbatdagi ommaviy «ovlash» ketmoqda – OAV 

Jahon 14:33 / 22.11.2017 8171

Turkiya xavfsizlik kuchlari mamlakat Moliya vazirligining 82 nafar sobiq xodimini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazmoqda. Ular muxolifatchi Fathulloh Gulenning tashkiloti - FETO bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda NTV telekanali huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaga tayangan holda xabar berdi.

Hibsga olish to‘g‘risidagi orderlar Anqara prokuraturasi tomonidan berildi, ayni damga kelib 17 nafar gumonlanuvchi ushlangani aytilmoqda. Ta'kidlanishicha, ularning bari ByLock dasturi foydalanuvchilari hisoblanadi. Bu dastur esa, Turkiya hukumatiga ko‘ra, FETO a'zolari tomonidan shifrlangan xabarlar almashishda ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi bir guruh isyonchilar harbiy to‘ntarishga urinishni amalga oshirishdi. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istanbulda yuz berdi. 240 dan ortiq fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ko‘proq inson jarohatlandi, isyon bostirildi. Turkiyada shundan so‘ng 50 mingdan oshiq kishi hibsga olindi, 140 mingdan ko‘proq davlat xizmatchisi lavozimidan bo‘shatildi yoki ishdan chetlatildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: