Okinava yaqinida AQSh samolyoti halokatga uchradi

Jahon 18:03 / 22.11.2017 8271

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining yettinchi floti qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, Tinch okeanidagi Okinava oroli yaqinida Qo‘shma Shtatlar samolyoti halokatga uchragan. Bu haqda Associate Press ma'lum qilmoqda.

«AQSh harbiy-dengiz kuchlarining bortida 11 nafar ekipaj a'zosi hamda yo‘lovchilar bo‘lgan havo kemasi bugun soat taxminan 14:45da (Toshkent vaqti bilan 10:45 – tah.) Okinava orolidan janubi-sharqda, Tinch okeanida halokatga uchradi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Ta'kidlanishicha, samolyot «Ronald Reygan» aviatashuvchisiga qarab parvoz qilayotgan paytda halokatga uchragan.

Ko‘proq yangiliklar: