YeChL anonsi. Bugun yana 3 jamoa pley-off masalasini hal qilishi mumkin

Sport 18:54 / 22.11.2017 15306

«Tribuna» Chempionlar ligasining chorshanba oqshomida kechadigan navbatdagi uchrashuvlari anonsini taqdim etadi.

Ibrahimovichning qaytishi

A guruhi
BAZeL – MANCheSTeR YuNAYTeD
Bugun. Bazel. «Sankt-Yakob Park» stadioni. 22.45 (Match TV – 00.30).
TsSKA – BeNFIKA
Bugun. Moskva. «Lujniki» stadioni 22: 00

«MYu» amalda guruh g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Joze Mourinoning Chempionlar ligasidagi ishlari yaxshi ketmoqda. Bazeldagi o‘yinda «MYu» keyingi bosqich masalasini hal etishi mumkin.

Qolaversa, bu o‘yinda Zlatan Ibrahimovich YeChLga qaytishi mumkin. «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda shvetsiyalik futbolchi ozroq o‘ynadi. Bugun ham uni omma kutmoqda. Hozircha murabbiy ehtiyotkorlik qilmoqda: «U birinchi daqiqalardanoq o‘ynashga tayyor emas». Ammo u zaxiradan tushishi mumkin. Zlatan uchun bu Chempionlar ligasida 2016 yil bahoridan buyon ilk o‘yin bo‘lishi mumkin.

«Benfika»ga qarshi o‘yinda armiyachilar kamida Yevropa Ligasida qatnashishni kafolatlab qo‘yishi mumkin. Agar «Bazel» bugun o‘z uyida «Manchester Yunayted»ga yutqazsa, moskvaliklarda Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun ham imkoniyat bo‘ladi.

Mbappe endi rostan ham nindza cherepashka

B guruhi
PSJ – SeLTIK
Parij. «Park de Prens» stadioni. 22.45 (Match Igra – 00.30).
ANDeRLeXT – BAVARIYa
Bryussel. «Konstan Vanden Stok» stadioni. 22.45 (Match Arena – 00.30).

Bu guruhda pley-off ishtirokchilari aniq bo‘lgan. Shu tufayli jamoalarning futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ngilxushlik qilish bilan band. «PSJ» futbolchisi tvitterida Mbappe Tiagu Silvaning sovg‘asidan qanday xursand bo‘layotgani tasvirini joyladi. Bu Mbappega o‘xshash ko‘rinishdagi nindza cherepashka niqobi edi. Balki «Seltik» bilan o‘yinda gol ursa, fransiyalik vunderkind golini shu niqobni taqib nishonlar?

«Bavariya» ham Belgiyaga chigalyozdi uchun keladi. Ammo birinchi o‘rin bilan chiqish uchun nemislar g‘alaba qozonishi shart. «Ha, biz pley-off masalasini hal qilib bo‘lganmiz. Ammo biz o‘yinni tashlab qo‘ymasligimiz kerak», degan Zyule o‘yindan oldin.

C guruhi
Konte Bokuga, Rim Madridga qarshi

KORABOG‘ – CheLSI
Boku. "Azersun" stadioni. 20.00 (Match Futbol 1 – 21.45).
ATLeTIKO – ROMA
Madrid. Stadion "Vanda Metropolitano". 22.45 (Match Futbol 2 – 00.30).

«Chelsi» Chempionlar ligasini nimchorak finali yo‘llanmasini hal qilish uchun autsayderni yengishi kifoya. Birinchi davrada londonliklar o‘z maydonida ozarlarni 6:0 hisobida taslim etgandi. Konte bu o‘yinga jiddiy qaramoqda. Axir ozarboyjonliklar «Atletiko»dan ikki o‘yinda ham ochko ololdi, «Roma» bilan tengma-teng o‘ynadi, nega «Chelsi»ga muammo tug‘dira olmasligi kerak?

Madridda «Atletiko» oxirgi imkonlaridan foydalanishga harakat qilib ko‘radi. «Roma»ni qabul qiladigan Simeone shogirdlari ikki marta finaldan keyin guruhdan chiqa olmay qolishi ham mumkin. Bu jamoaga hatto «Roma» va «Chelsi» ustidan g‘alabalar ham yetarli bo‘lmay qolishi mumkin.

D guruhi
Rakitich va Buffonning o‘zaro hurmati

SPORTING L – OLIMPIAKOS P
Lissabon. «Joze Alvalade» stadioni. 22.45 (Match Nash sport – 00.30).
YuVeNTUS – BARSeLONA
Turin. «Allyants» stadioni. 22.45 (Match Futbol 1 – 00.30).

«Yuventus»ga qarshi o‘yindan oldin «Barselona» futbolchisi, xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich turinliklar jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonga qarata ta'sirli so‘zlar aytdi: «Unga jahon chempionatidagi o‘rnimni bergan bo‘lardim. Buffonning yig‘layotganini ko‘rib, ko‘zimga yosh keldi. Bunday futbolchi faoliyatini boshqacha yakunlashi lozim edi».

Jiji tvitterida unga hazilomuz tarzda javob qaytardi.

«Muhtaram Ivan Rakitich, men darvozabon sifatida faoliyatimni davom ettiraman. Xorvatiya terma jamoasida yarimhimoyachi bo‘lish yaxshi g‘oya emas deb o‘ylayman. Sening foydangni ko‘zlab, shunday deyapman. Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, so‘zlaring men uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Senga va Jordi Albaga rahmat. Futbolkam sizlarni kutmoqda» - dedi Buffon.

Bizni shunday do‘stona muhitda kechadigan ajoyib o‘yin kutib turibdi. Bu o‘yinda durangga erishish orqali «Barselona» navbatdagi bosqich masalasini hal qilgan jamoalar safiga qo‘shilishi mumkin. Bu holatda oxirgi turda «Yuventus» «Sporting»ni mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: