Turkiya raqiblarining e'tirozlariga qaramasdan AES quradi – Erdo‘g‘an

Jahon 20:45 / 21.11.2017 8542

Turkiya raqiblarining e'tirozlariga qaramasdan, yadroviy energetikasini rivojlantiradi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.  

“Hozir biz yadroviy energetika davriga qadam bosmoqdamiz. Ba'zilarni AES qurilishi xavotirlantirmoqda. Qancha xavotirlantirsa xavotirlantiraversin, biz uni baribir quramiz. Bizning vazifamiz bu energiyani xalqqa iloji boricha arzonroq sotishdan iborat. Ularda esa bunday muammo yo‘q”, deb aytgan Erdo‘g‘an Anqaradagi elektrostansiya ochilishidagi nutqida.  

Erdo‘g‘an Turkiyaning yadroviy energetikasiga qarshi chiqayotganlarni ular o‘z harakatlari bilan Turkiyaning unga energiya yetkazib beruvchilardan bog‘liqligini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Uning aytishicha, atom elektr stansiyasi qurilishi nafaqat energiya narxi tushishiga, balki yangi texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘mak beradi. 

Moskva va Anqara o‘rtasida Turkiyaning Mersin viloyatida “Akkuyu” AESini qurish va uning ekspluatatsiyasi bo‘yicha kelishuv 2010 yilda imzolangan. 

“Akkuyu” AESi loyihasi Rossiyaning VVER-1200 reaktor qurilmalariga ega 4 ta energoblokni qurishni o‘z ichiga oladi. Har bir energoblokning quvvati 1200 MVt ni tashkil qiladi. Qurilmalar yuqori xavfsizlik standartlariga mos keladi.

Loyihaning qiymati 20 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi. Turkiya AESning birinchi bloki 2023 yilda ishga tushirilishini mo‘ljallamoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: