Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar yaqinlashmoqda

O‘zbekiston 19:30 / 21.11.2017 9336

Joriy yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylov kampaniyasi​​ 23 sentabrdan boshlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi raisi Hamid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, hozir saylov kampaniyasi qizg‘in pallaga kirgan. Dasturga muvofiq, Toshkent shahrida tashkil etilgan tegishli tuman saylov komissiyalari 19 noyabrga qadar deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazdi. Ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabar yaqin kunlarda mahalliy matbuotda e'lon qilinadi. ​

Saylovda qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan jami 330 ta saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatdi. 

Saylov qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etdi. ​

Ko‘proq yangiliklar: