Bitcoin o‘z rekordini yangiladi

Iqtisodiyot 07:57 / 21.11.2017 9730

Jahonning eng mashhur kriptovalyutasi 20 noyabr kungi savdolarda 8,200 dollarlik eng yuqori qiymatdan o‘tib, o‘zining eng yuqori narxiga doir rekordini yangiladi. Bitcoin shu bilan bu yil salkam 850 foizga o‘sdi. 

Aytish joizki, noyabr oyi bitcoin uchun juda ham qaltis oylardan biri bo‘ldi. Shu oyning boshida virtual pul birligining qiymati 5,500 dollargacha tushib ketdi. Bunga bitkoin ishlab chiqaruvchilarning SegWit2X ni yangilashni bekor qilishgani sabab bo‘ldi. Bu ayrim qazib oluvchilar va sarmoyadorlarni kriptovalyutalarini sotishga majbur qildi. 

Shunga qaramay, bitcoin Chikago tovar birjasi raqamli pullarning fyuchers savdolarini o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarda so‘ng qimmatlasha boshladi.

Bitcoin bu yil boshida 1000 dollar qiymatida sotila boshlagan edi. Uning o‘sish hajmi qariyb 850 foizni tashkil etmoqda. Uning bozor kapitallashuvi 137 mlrd dollarga yetdi. Ayni vaqtda bitcoin Siemens, Mastercard, British American Tobacco yoki McDonald's kompaniyalariga nisbatan qimmatroqdir.

Ko‘proq yangiliklar: