2017 yilning eng yaxshi gadjyetlari o‘ntaligi taqdim qilindi

Fan-texnika 07:32 / 21.11.2017 9960

AQShning Time jurnali 2017 yilning eng yaxshi gadjyetlari reytingini tuzdi. Ro‘yxatga Yaponiyaning Nintendo kompaniyasi ishlab chiqargan Switch o‘yin pristavkasi boshchilik qilmoqda. Qurilma 6,2 dyuymli ekranga ega planshet va simsiz Joy-Con joystiklaridan iborat. Qurilma ham statsionar, ham yurgan holda o‘ynash mumkin bo‘ladigan qilib yaratilgan.  

Switch o‘yin pristavkasi / Foto: AP Photo / Koji Sasahara

2-o‘rinni iPhone X smartfoni egalladi. Reytingni tuzuvchilar Apple’ning yangi qurilmasi ancha qimmat tursa-da, uning hoshiyasiz displeyi va yuzni tanish tizimi Face ID kelajakda smartfonlar uchun yangi standartni o‘rnatishini aytmoqdalar.

Foto: iPhone X

Reytingda 3-o‘ringa Microsoft Surface Laptop noutbugi munosib topildi. Bu qurilmaning tashqi ko‘rinishi hamda quvvatni uzoq vaqt saqlab tura olishi yuqori baholangan.

 Foto: Microsoft Surface Laptop

Shuningdek, o‘ntalikka DJI Spark mini-kvadrokopteri, Samsung Galaxy S8 smartfoni, Super Nintendo Entertainment System (SNES) Classic o‘yin pristavkasi, Amazon Echo audiokarnayi, Xbox One X o‘yin konsoli, Apple Watch 3 aqlli soati va Sony Alpha A7R III fotokamerasi ham kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: