Eronni yana ayblashdi

Jahon 08:38 / 20.11.2017 8490

AQSh Adliya vazirligi dekabr oyida bir necha ish yuzasidan surishtiruvlarni boshlamoqchi. Xususan, ular orasida Eron fuqarolariga nisbatan tekshiruvlar ham bor. Bu haqda The Washington Post gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, eronlik hakerlar HBO teletarmog‘iga kiberhujum tashkil etib, 1,5 Tb ma'lumotni qo‘lga kiritishgan. Jumladan, ma'lumotlar orasida «Taxtlar o‘yini» seriali bo‘yicha skriptlar (ssenariy tili) ham bo‘lgan. Keyinchalik hakerlar HBO’dan bu ma'lumotlarni e'lon qilmaslik uchun pul olishni rejalashtirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: