Alibaba gipermarketlar tarmog‘ini sotib olmoqda

Iqtisodiyot 09:27 / 20.11.2017 8548

Alibaba onlayn-riteyleri Xitoy guruhidan 400 ta Sun Art Retail gipermarketini 2,9 mlrd. AQSh dollariga sotib olmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi yakshanba kuni xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda Sun Art Retail gipermarketlari Auchan va RT-Mart savdo markasi ostida ishlaydi. Kelishuvda Auchan’ning guruhdagi ulushini 36 foizga qadar oshirish nazarda tutilgan.

"Ushbu alyans Alibaba’ning chakana savdo rivojlanishi bo‘yicha o‘z strategiyasini anglatadi. Strategiya esa internet-yondashuv va yangi texnologiyalar o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatga rioya etishdan iborat. Shu bilan birga, chakana savdo bozorida sheriklar bilan qalin hamkorlik qilishga qaratilgan kurs saqlanib qoladi", - deya Alibaba va Sun Art Retail’ning qo‘shma bayonotidan parcha keltiradi agentlik.

Xitoydagi eng yirik internet-kompaniya Alibaba’ning 2017-2018 moliyaviy yili birinchi choragidagi sof foydasi 1,96 martaga o‘sdi hamda 2,07 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bu davr davomida olingan daromad 56 foizga oshdi – 7,4 mlrd. dollarga. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi – elektr savdo ulushi – daromadning 86 foizini tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: