Dunyoning siz eshitmagan va ko‘rmagan 7 mo‘'jizasi

Light 14:15 / 19.11.2017 78100

Dunyoning Angkor-Vat, Machu-Pikchu, Chichen-Itsa, Petra kabi qadimgi yodgorliklarni ko‘pchilik eshitgan. Ammo shunga o‘xshash, lekin kamdan-kam kishilar ko‘rgan tarixiy obidalarni tomosha qilish qanchalik tassurot qoldirishini tasavvur qiling-a!

Izlanuvchan sayyohlik kompaniyalarining sa'y-harakatlari va infratuzilmalarning rivojlantirilishi tufayli jahonning ayrim uzoq va ajoyib yodgorliklari sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ocha boshladi. Yaqin orada bu yerlar sayyohlar bilan to‘lib-toshishi natijasida sirli muhitdan asar ham qolmasligi aniq. Demak dunyoning yangidan kashf qilingan tarixiy yetti mo‘'jizasi haqida. 

Hindiston qirollik imperiyasi vayronalari

Imperiya vayronalari maydoni 265 km2 ni tashkil etadi. Hudud bo‘ylab sirli qumloq toshlar va osori-atiqalar sochilib yotadi. 7-asrdagi Virupakshi ibodatxonasi imperiyadagi eng qadimgi binolardan biri hisoblanadi. Yaxshiroq saqlanib qolgan Sule bozori, Malika hammomi va fillar saqlanadigan filxona o‘rta asrlar Hindistoni qanday bo‘lgani haqida tasavvur uyg‘otadi. 

Gvatemala mayyalarining qadimgi poytaxti

Big Five Tours & Expeditions prezidenti Ashish Sangxraykning so‘zlariga ko‘ra, El-Mirador mayya qabilasining eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan va minglab sayyohlar tashrif buyuruvchi Tikaladan 5 marta katta hududni egallagan. El-Miradorni Italiyada Pompeyning ochilishi bilan taqqoslash mumkin. Olimlar bu shaharni bir vaqtlar mayya davlati poytaxti bo‘lgan deb hisoblashadi. 

Portugaliyadagi Rim saroylari vayronalari

Ushbu Rim saroylari eramizdan avvalgi 2-asrda imperator Avgust hukmronligi vaqtida barpo etilgan. Keyinchalik ular vayronalarga aylandi. Aniqlanganidan 100 yil o‘tib esa, Konimbrigi sayyohlarni qabul qilishga shay. 

Sudanning qadimgi ehromlari 

Aytish joizki, Sudanda Misrdagidan ehromlar ko‘p. Ammo ko‘pchilik bu mamlakatni jahon xaritasida topishga qiynalishi mumkin. Uzoq davom etgan fuqarolik urushidan so‘ng, 2011 yil Janubiy Sudan ajralib chiqqach, bu yerda sayyohlik infratuzilmalari rivojlantirila boshlandi. Xususan, Explorations Company boy-badavlat kishilarga mahalliy madaniy meros inshootlariga kelishda ko‘maklashadi. 6  kunlik sayohat davomida Meroe ehromi va Soleb ibodatxonasi qoldiqlari tomosha qilinadi. 

Marokashning qadimgi poytaxti

Mavritaniya imperiyasining poytaxti juda ham chiroyli joyda, Meknes yaqinidagi Marokash tog‘larida joylashgan. Biroq sayyohlik qo‘llanmalarida bu shahar deyarli qayd etilmagan. Ayni vaqtda vaziyat o‘zgarmoqda. Intrepid Travel kabi turoperatorlar Volyubilis shahrini Marrakesh va Shaven kabi boshqa qadamjoylar ro‘yxati bilan bir qatorga qo‘ymoqda. Uning vayronlari eramizdan avvalgi 3-asrga tegishli bo‘lib, unda rimliklar, nasroniylar, musulmonlar va berberlar o‘z yurishlarining izini qoldirgan. 

Kolumbiyaning g‘oyib bo‘lgan shahri

Kolumbiyaning Serra-Nevadasidagi ming yillik vayronalar Machu-Pikchudan 650 yilga qadimiydir.Shahar Tayron qabilasi tomonidan tog‘ cho‘qqisida barpo qilingan bo‘lib, palmalar bilan o‘rab olgan. Shaharda farovonlik hukm surgan vaqtda 10 mingga yaqin inson istiqomat qilgani taxmin qilinadi. Keyinchalik changalzorlar shaharni mahv etgan. Bu yerda mahalliy hindularning tomoshalariga ham guvoh bo‘lish mumkin. 

Shri-Lankadagi Sher tog‘i

O‘tgan ming yilning 5-asrida Tseylon orolida hukmronlik qilgan podshoh Kassap orolning qoq markazidagi 180 metrlik granitli balandlikda qal'a barpo etishga qaror qilgan. Dastavval qal'a ulkan minora shaklida qurishga qaror qilingan. Ishchilar nafaqat tosh zinapoyalar yo‘nishgan, balki ulkan sher shaklini o‘yib yasashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: