Antaliyada Suriya inqirozi muhokama qilinadi

Jahon 12:00 / 19.11.2017 5300

Rossiya, Eron va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Turkiyaning Antaliya shahrida Suriya inqirozini muhokama qilish uchun to‘planadi. Mavlut Chavusho‘g‘li, Sergey Lavrov va Javad Zarif uchrashuvi 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Vazirlar darajasidagi uchrashuv 22 noyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Rossiya-Eron-Turkiya sammiti avvalida tayyorgarlik vazifasini bajaradi. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li 17 noyabrda xorijiy jurnalistlar bilan uchrashuvida Anqaraning bo‘lg‘usi muzokaralar nimalar kutayotganiga oydinlik kiritgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat uch davlat sa'y-harakatlari tufayli so‘nggi olti oyda sezilarli yaxshilangan. 

"Biz Rossiya bilan Halabdan boshlab hamkorlik qildik va jiddiy muvaffaqiyatga erishdik. Rossiya so‘zida turdi. Vaqti-vaqti bilan o‘t ochishi to‘xtatish tartibi hukumat va muxolifat kuchlari ham buzib turibdi, - degan vazir. – Natijada biz Eronni ham kafolat beruvchi davlat sifatida Ostona jarayoniga jalb etdik. Natijasi kundek ravshan – Suriyadagi vaziyat olti oy avvalgidan ancha yaxshi", - degan edi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Ko‘proq yangiliklar: